Maxsus ishchi guruh paralimpiyachi sportchilar xolidan xabar oldi

Chop etish Yuklab olish (12 Kb)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi toʻrtinchi kundirki Andijon viloyatidagi sport majmualari hamda sport taʼlim muassasalarining bugungi ahvolini oʻrganishmoqda. Maxsus ishchi guruhning navbatdagi manzili Marhamat tumani boʻldi.

Dastlab ishchi guruh aʼzolari Marhamat tumanidagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabini koʻzdan kechirishdi. Qolaversa, hududning sport turlariga ixtisoslashuvi va moddiy-texnik bazasining hozirgi holati, tumanda jismoniy tarbiya va sportni yana-da rivojlantirishning istiqbollari, sport inventarlari soni va bugungi holati, terma jamoa aʼzolarini shakllantirish masalalari boʻyicha ham ishchi guruh tuman sporti mutasaddilariga yaqindan koʻmaklashmoqda.Shuningdek, tashrif davomida maxsus ishchi guruh aʼzolari Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi sportchilar xolidan ham xabar olishdi. Jumladan, paraatletlar Bobur Omonov, Timur Giryazov va Bekjon Chevarov xonadoniga tashrif buyurib, ular bilan suhbatlashdi. Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad, sportchilarni xolidan xabar olish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish hamda zarur boʻlsa amaliy yordam berishdan iborat.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi Andijon viloyatidagi faoliyatini davom ettirmoqda. Eslatib oʻtamiz, oʻrganishlar yakunida Andijon viloyatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, viloyatda sport rivoji yangi bosqichga koʻtariladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali