About Federation

Chop etish Yuklab olish (12 Kb)

O‘zbekistonda o‘q otish sport turini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan Osiyo o‘q otish konfederatsiyasi prezidenti Shayh Ali Bin Abdulla Bin Hamad Al Halifa boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘ldi.

Osiyo o‘q otish konfederatsiyasi rahbari MOQda bo‘ldi

Delegatsiya bu yerda yaratilgan sharoitlar hamda MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlar dastavval O‘zbekistonda olimpiya harakatini ifodalovchi muzeyga tashrif buyurib, u yerdan joy olgan turli eksponatlar, kubok hamda medallarni, shuningdek, mamlakatimiz sportchilarining Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokidan olingan fotosuratlarni ko‘zdan kechirdilar.

Osiyo o‘q otish konfederatsiyasi rahbari Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, bu yerda yaratilgan sharoit har qancha taxsinga sazovor ekanligini bildirdi.

Shundan so‘ng, Shayh Ali Bin Abdulla Bin Hamad Al Halifa boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari Murod Aliyev, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Respublika o‘q otish federatsiyasi rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, bolalar sportini rivojlantirishga Davlatimiz hamda xukumatimiz rahbariyati tomonidan qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

O‘z navbatida mehmonlar ham O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor, shu bilan birga Olimpiya harakatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar ularda katta ta’surot qoldirganligini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tdilar. 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali